Runi murabbiy sifatida ishlashga tayyor boʻlgan ikki klub nomini aytdi
Avvalroq angliyalik sobiq futbolchi bir nechta jamoalarda faoliyat yuritgan.
FOTO: Getty Images
Sobiq «Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi ikki klubni nomlab, ularda murabbiy sifatida ishlashga tayyor ekanini bildirdi.
«O‘tgan hafta aytdim, agar menga «Manchester Yunayted»dan qo‘ng‘iroq qilib, har qanday lavozimda ish taklif qilinsa, mamnuniyat bilan roziman. Bu klubni shaxsan juda yaxshi ko‘raman va u yerda 13 yilimni o‘tkazdim. Bu ikki klubdan biri – «Manchester Yunayted» va ikkinchisi – «Everton». Shu klublarda murabbiy sifatida yana ishlashni istardim», – dedi Runi The Sun nashriga.
Avvalroq Runi «Derbi Kaunti», MLSdagi «DC Yunayted», shuningdek, «Birmingem» va «Plimut Argayl» klublarida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist