locale OZ

Runi: “Manchester Siti”dan olib qo‘yilgan chempionlik medali menga kerak emas”

“Manchester Yunayted” afsonasi “shaharliklar“ atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
Runi: “Manchester Siti”dan olib qo‘yilgan chempionlik medali menga kerak emas”
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” afsonasi Ueyn Runi “Manchester Siti” 2011/12-yilgi Angliya Premyer-ligasi chempionligidan mahrum qilinadigan bo‘lsa ham, ushbu titulning sobiq klubiga berilishini shaxsiy yutuq sifatida qabul qilmasligini aytdi. Angliyalik sobiq hujumchi o‘sha mavsumdagi chempionlik medalini olishni istamasligini ochiq bildirdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Runi “Manchester Yunayted” o‘sha mavsumda chempionlik uchun yetarlicha yaxshi o‘ynamaganini ta’kidlagan. Uning fikricha, jamoa mavsum yakuniga bir necha tur qolganida katta ustunlikka ega bo‘la turib, vaziyatni o‘z qo‘lidan chiqarib yuborgan. Shu sababli u yillar o‘tib beriladigan chempionlik medalini qabul qilish o‘ziga noqulay bo‘lishini aytgan.

Shu bilan birga, Runi “Manchester Siti” moliyaviy qoidabuzarliklar sabab ayrim titullaridan mahrum qilinishi mumkinligini inkor etmadi. Bu masalada uning fikri sobiq jamoadoshi Rio Ferdinandnikidan farq qiladi: Ferdinand avvalroq 2011/12-yilgi chempionlik “Manchester Yunayted”ga berilsa, yana bir APL medalini olishga tayyor ekanini bildirgan edi.

Ma’lumot uchun, 2011/12-yilgi mavsumda “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” 89 ochkodan jamg‘argan, biroq Roberto Manchini jamoasi to‘plar nisbatidagi ustunlik evaziga chempion bo‘lgan. Ueyn Runi esa “Manchester Yunayted” safida jami 5 marta Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting