Runi Ispaniya terma jamoasining eng muhim futbolchisi kimligini aytdi
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi 2026-yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasining eng muhim futbolchisi kim ekanligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Runining ta'kidlashicha, ko‘pchilik e'tibori Lamin Yamal, Niko Uilyams yoki Rodriga qaratayotgan bo‘lsa-da, jamoaning asosiy figurasi aynan Pedri hisoblanadi.
"Menimcha, Ispaniyaning eng muhim futbolchisi — Pedri. U o‘yinni boshqaradi, hujum va himoya o‘rtasidagi bog‘lovchi vazifasini bajaradi. U maydonda bo‘lganida Ispaniya butunlay boshqacha ko‘rinadi", — dedi Runi.
Sobiq futbolchining fikricha, Pedrining o‘yinni o‘qish qobiliyati, to‘p bilan muomala madaniyati va o‘yin tempini nazorat qilishi Ispaniya terma jamoasining muvaffaqiyatida hal qiluvchi omillardan biri bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi JCh-2026 yarim finalida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv g‘olibi mundial finaliga yo‘l oladi.