locale OZ

Runi chempionship jamoasi ustoziga aylanishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Runi chempionship jamoasi ustoziga aylanishi mumkin
Photo: Getty Images

“Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Blekbern" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin. Bu haqda Talksport xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Blekbern" Valerian Ismaеlni fevral oyida bosh murabbiylikka tayinlagan edi. Ayni paytda ingliz klubi Chempionshipda 42 o'yindan so'ng 56 ochko jamg'arib, 10-o'rinda bormoqda. Fransiyalik mutaxassis iste'foga chiqarilishi ehtimoli bor. Runi esa jamoani qabul qilib olishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Runi dekabr oyida "Plymut"dan ishdan bo'shatilganidan beri murabbiylik ishisiz qolmoqda. 39 yoshli sobiq futbolchi shu vaqtgacha “Derbi Kaunti”, “Di Si Yunayted” va “Birmingem” jamoalarini ham boshqarishga muvaffaq bo'ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting