locale OZ

Runi: «Bellingem — ushbu jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi»

Angliya 3-o‘rin uchun bahsda Fransiyaga qarshi bellashadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Runi: «Bellingem — ushbu jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi»
ФОТО: Getty images

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi Jahon chempionati–2026da Angliya yarim himoyachisi Jud Bellingemni turnirning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.

«Agar dunyodagi eng yaxshi futbolchi haqida gap ketsa, ko‘pchilik Mbappeni yoki Xolandni eslaydi. Bellingem bu mavsum "Real"da hali ularning darajasiga to‘liq chiqqan bo‘lmasligi mumkin, ammo mening nazarimda, u ushbu jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi.

Jud — energiya, ishtiyoq va g‘alabaga chanqoqlik timsoli. Aynan shu fazilatlari tufayli u muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu kabi xususiyatlar yuqori saviyadagi futbolchilarda kam uchraydi. Ko‘pchilik o‘z mahorati va texnikasiga tayanadi, Jud esa doimiy intilish va mehnati bilan ajralib turadi. Shu bois uning o‘yinini tomosha qilish juda yoqimli. Angliya muxlislari ham aynan shunday futbolchilarni ko‘rishni xohlaydi — jamoa va gerb uchun ohirigacha kurashadigan o‘yinchilarni.

U menga o‘zimni eslatadi. Bir daqiqada: "Bu yigit haqiqiy dahо", deb o‘ylaysiz. Keyin esa: "Jangga ortiqcha kirishma, qizil kartochka olib qo‘yma", deysiz. Men ham xuddi shunday edim. Ammo Jud eng muhim turnirda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qildi. Ilgari unga nisbatan bo‘lgan barcha shubhalarga javob berdi», — deya Runining so‘zlaridan keltiradi BBC nashri.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi Jahon chempionati yarim finalida Argentinaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, endi uchinchi o‘rin uchun Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting