Ruiz «PSJ»ning Chempionlar ligasidagi asosiy maqsadini ma’lum qildi
«PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruiz jamoaning joriy mavsumda UEFA Chempionlar ligasidagi asosiy maqsadlaridan biri haqida gapirdi.
30 yoshli ispaniyalik futbolchining ta’kidlashicha, parijliklar so‘nggi ikki mavsumda musobaqaning umumiy bosqichini kuchli sakkizlikda yakunlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga yo‘llanma ola olmagan. Shunga qaramay, «PSJ» har ikki mavsumda ham musobaqa g‘olibiga aylangan.
«Avvalgi ikki mavsumda ham kuchli sakkizlikka kira olmadik. Shuning uchun bu safargi maqsadlarimizdan biri top-8 dan joy olish va imkoni boricha yuqori pog‘onani egallash bo‘lishi mumkin.
Bu oson vazifa emasligini yaxshi tushunamiz. Biroq joriy mavsumda ushbu maqsadga erishish uchun harakat qilamiz», — deya Ruizning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.