locale OZ

Rüdiger «Real» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi – Romano

Yangi bitim 2027 yil iyunigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rüdiger «Real» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi – Romano
ФОТО: Getty images

Antonio Rüdiger va Madridning «Real» klubi yangi shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yangi bitim 2027 yil iyunigacha amal qiladi.

Qayd etilishicha, rasmiy e'lon klubdagi prezidentlik saylovi jarayoniga qarab keyinroq amalga oshiriladi.

Shuningdek, germaniyalik himoyachi «Real» tomonidan taklif qilingan shartlarni qabul qilgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Rüdiger 2022 yildan buyon Madrid klubi safida harakat qilib kelmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting