locale OZ

Rüdiger jarohat sabab 3 oyga safdan chiqdi

Germaniyalik futbolchi qishga qadar jamoasiga yordam bera olmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rüdiger jarohat sabab 3 oyga safdan chiqdi
ФОТО: Getty images

“Real” himoyachisi Antonio Rüdiger son jarohati tufayli 3 oyga safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik futbolchi qishga qadar jamoasiga yordam bera olmaydi. Himoyachi chap son mushaklaridan jarohat olgan.

Bu mavsumda Rüdiger “Real”ning La Ligadagi bitta o‘yinida hamda terma jamoaning JCH saralashidagi ikkita uchrashuvida ishtirok etdi.

Ispaniya La Ligasining navbatdagi o‘yinini "Real" 13-sentyabr, shanba kuni o‘tkazadi. Xabi Alonso jamoasining raqibi "Real Sosyedad" bo‘ladi. "Qaymoq ranglilar" chempionatning dastlabki uch turini ochko yo‘qotishlarsiz o‘tkazdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting