locale OZ

Rudi Garsiya Lukakuning holatiga baho berdi

Belgiya terma jamoasi Misr, Eron va Yangi Zelandiya bilan birga G guruhidan joy olgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rudi Garsiya Lukakuning holatiga baho berdi
ФОТО: Getty images

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya hujumchi Romelu Lukakuning holatini baholadi.

«Rostini aytsam, uzoq tanaffusdan keyin uning formasi yomonroq bo‘ladi deb o‘ylagandim. U “Napoli”da o‘yin vaqtiga ega bo‘lmadi va umid qilamanki, kelajakda u barqaror o‘ynay oladi.

Uning safga qaytganidan xursandman, chunki Belgiya terma jamoasida bunday boshqa futbolchi yo‘q. Har qanday holatda ham biz u bilan ehtiyotkorlik bilan harakat qilishimiz kerak bo‘ladi. Bilaman, hamma uning Misrga qarshi o‘yinda maydonga tushishini xohlaydi, ammo bu sodir bo‘lmaydi. Asta-sekin harakat qilamiz», — deya Rudi Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Belgiya terma jamoasi Misr, Eron va Yangi Zelandiya bilan birga G guruhidan joy olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting