locale OZ

Rudi Garsiya: «Eron terma jamoasini odatdagidek puxta tahlil qilmadik»

Belgiya bosh murabbiyi Eronga qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rudi Garsiya: «Eron terma jamoasini odatdagidek puxta tahlil qilmadik»
FOTO: Getty Images

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya JCh-2026 doirasidagi «G» guruhi 2-turida Eronga qarshi boʻlib oʻtadigan oʻyin oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

«Biz Eronning oʻyinini odatdagidek unchalik puxta tahlil qilmadik, chunki bu jamoani oʻrtoqlik uchrashuvlarida kuzatish ancha qiyin. Biroq, ularning Jahon chempionatiga saralash bosqichini juda kuchli oʻtkazganini koʻrdik va albatta, Yangi Zelandiyaga qarshi birinchi oʻyinini ham kuzatdik. Biz Osiyo jamoalarini u qadar diqqat bilan kuzatmaymiz, lekin, albatta, hamma [Mehdi] Taremshini (Gretsiyaning „Olimpiakos“ klubi va Eron terma jamoasi hujumchisi) taniydi», — deya Garsiyaning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda FIFA rasmiy sayti.

Eslatib oʻtamiz, «G» guruhining 1-turida Belgiya terma jamoasi Misr bilan durang oʻynagan edi (1:1), Eron milliy jamoasi esa Yangi Zelandiyani magʻlub eta olmagandi (2:2).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting