locale OZ

Ruben Loftus-Chik “Milan” bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin

Bunga Amorimning taktikasi sabab bo’lgan.
Ruben Loftus-Chik “Milan” bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin
FOTO: Getty Images

“Milan” yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Yoz boshida angliyalik futbolchi jamoani tark etishga yaqin bo‘lgan bo‘lsa, hozir vaziyat keskin o‘zgargan.

PianetaMilan ma’lumotiga ko‘ra, bunga “Milan”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorimning taktikasi sabab bo‘lgan. Portugaliyalik mutaxassis Loftus-Chikni unga ma’qulroq bo‘lgan rolda, asosan o‘ng qanotga yaqin hududda ishlatmoqda.

Yangi rol futbolchiga ma’qul kelgani sabab u endi “Milan”da qolishga va klub bilan hamkorlikni davom ettirishga ijobiy qaramoqda. Avvalroq esa 30 yoshli yarim himoyachi yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Loftus-Chik “Milan” safida 2023-yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Endilikda uning kelajagi yangi murabbiy Amorim qo‘l ostidagi roli va jamoaning unga bo‘lgan ishonchiga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting