locale OZ

Ruben Dias «Inter»ga o‘tmaydi — Romano

Ruben «Manchester City» safida 2020 yildan beri faoliyat yuritmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ruben Dias «Inter»ga o‘tmaydi — Romano
ФОТО: Getty images

«Manchester City»ning markaziy himoyachisi Ruben Diasning «Inter»ga o‘tishi ehtimoli past ekani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Dias nomi «Inter» bilan bog‘lanayotgan bo‘lsa-da, bu transfer amalda amalga oshmaydi.

Portugaliyalik futbolchi «shaharliklar»ning o‘yin olib borishida va jamoadoshlari bilan munosabatlarda muhim shaxs hisoblanadi.

Ruben «Manchester City» safida 2020 yildan beri faoliyat yuritmoqda.

Joriy mavsumda 28 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 32 ta o‘yin o‘tkazdi va ikki gol urdi. Uning Angliya klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevro atrofida baholangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting