locale OZ

Ruben Amorim: «Milan»ni boshqarish har doim mening maqsadlarimdan biri boʻlgan»

Portugaliyalik mutaxassis yangi tayinlov haqida fikr bildirdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Ruben Amorim: «Milan»ni boshqarish har doim mening maqsadlarimdan biri boʻlgan»
FOTO: Getty Images

«Milan» klubining yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim ushbu jamoaga tayyinlangani borasida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Italiya klubi mutaxassis bilan shartnoma imzolanganini seshanba, 16-iyun kuni eʼlon qildi.

«Butun faoliyating davomida sen bilan birga qoladigan maqsadlar boʻladi va «Milan» murabbiyi sifatida ishlash har doim mening shunday orzularimdan biri boʻlgan.

Ushbu klub nimaniki anglatishini juda yaxshi bilaman: tarix, nufuz va butun dunyo boʻylab tarqalgan aqlbovar qilmas muxlislar armiyasi.

Bu men gʻurur va ishtiyoq bilan qabul qiladigan chorlovdir, zero ushbu ranglar ortida nima yotganini toʻliq his qilib turibman. Ish boshlashni va «Milan»ni olgʻa boshlaydigan oʻsha ehtirosni har kuni his qilish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutib qolaman», — deya Amorimning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda «Milan» rasmiy sayti.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting