Ruben Amorim: \"Bu kabi o'yinlarni yutishimiz shart\"
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Osiyo davlatlaridan birida yig'in o'tkazishi odatiy holatga aylangan. “Qizil iblislar” Malayziya davlatiga safar qilib, Janubi-Sharqiy Osiyo yulduzlar terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinida ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Ruben Amorim shogirtlari 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. O'yindan keyin portugaliyalik mutaxassis quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Xattoki o'rtoqlik o'yini bo'lishiga qaramasdan, bu juda yomon. Ammo har holda jarohatlarsiz. Maydon sifati yaxshi emas, nima bo'lganda ham bu kabi o'yinlarni yutishimiz shart. Qanday maqomdagi uchrashuv ekanligidan qat'iy nazar, uning ichida bo'lishimiz kerak. Eng asosiysi maydonni jarohatlarsiz tark etish, lekin uning sifati bahona bo'la olmaydi, shuning uchun ham yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi.
O'yindan biror bir yaxshi jihatni aytadigan bo'lsam, yosh futbolchilarni yoqtiraman. Ular xarakat qilishdi, shuning o'zi menga yetadi. Yoshlar ko'proq o'ynashni xohlashadi, biroq biz hammaga imkoniyat berishimiz kerak. Shogirtlarim ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi. Kona bugun yaxshi o'ynadi. Keyingi safar yanada ko'proq vaqt beramiz. Barcha yoshlar harakat qilishdi, shu eng asosiy narsa"-deydi portugaliyalik mutaxassis
"ASEAN All Stars" – "Manchester Yunayted" 1:0
"Manchester Yunayted" (birinchi taym): Onana, Dorgu, Maguayr (Armer, 32), Xeven, Munro, Dalot (Kamason, 32), Kazemiro (Kone, 32), Ugarte, Maynu, Murxaus (Leysi, 32), Xeylund.
"Manchester Yunayted" (ikkinchi taym): Xiton, Fredrikson, Evans, Kukonki, Diallo, Brunu, Kollier, Amass, Garnacho, Fletcher, Obi-Martin.
Gol: Muang Muang Lvin 71'