locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Ruben Amorim: "Agar loyiq bo'lmasam ertagayoq hech qanday tovon pullarisiz jamoadan ketaman"

Futbol 21 may 2025 da 19:08
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Ruben Amorim: "Agar loyiq bo'lmasam ertagayoq hech qanday tovon pullarisiz jamoadan ketaman"
Photo: gettyimages

Yevropa ligasi final uchrashuvidan keyin, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim matbuot anjumanida qatnashdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Kelajak haqida gapirmoqchi emasman, chunki bugun bu o'yindagi mag'lubiyat og'rig'i bilan muomila qilishimiz kerak. Shuni ayta olamanki, biz yaxshiroq edik, lekin gol ura olmadik. Futbolchilar g'alaba uchun borini berib harakat qilishdi. Kelajakda hamma narsani muhokama qilgani vaqt bor. Bu bir kishini aybi emas. Gollar ura olmayapmiz, darvozabon o'z ishini ajoyib bajardi. Futbolchilarimga ishonaman.

Futbolchilarni rivojlantirish meni vazifam. Yanvarda kelganimda ko'plab katta o'zgarishlarni amalga oshira olmasdik. Bizda undan oldingi muammolar ham bor edi. Shuning uchun ham muammo faqat bir kishida emas, hammada. Mount ”Bilbao" bilan o'yinni o'zgartirib yubora olgan edi. Qozir har xil qarashlar bilan muhokama qilish oson. Men o'yinni yaxshilash va finalni yutish uchun harakat qildim.

Do'stlarim bilan, ingliz odamlari bilan, muhlislarimiz bilan gaplashib olishim kerak. Portugallarga aytadigan hech qanday gapim yo'q. Hozir fikrlarimni do'stlarim bilan bo'lishishim kerak va kelajakda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

Albatta marketing va trafsfer rejalarimiz bo'lishi shart. To'g'ri, Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmadik, lekin boshqa tarafdan ijobiy o'ylsak APLga ko'proq vaqtimiz va e'tiborimiz bo'ladi.

Hozir bu yerga o'zimni himoya qilish uchun kelganim yo'q. Bu meni uslubim emas. Muhlislarga nimadirni isbotlab berish uchun aytadigan gaplarim yo'q. Men har doim ochiq bo'lganman. Agar “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga loyiq bo'lmasam, hech qanday qo'shimcha tovon pullarisiz ertagayoq ketaman. Lekin, men bunday qilmayman. Hozirgi ishimga va o'zimga ishonaman. Bahona qilmayapman, mavsum davomida kichik kamchiliklar sabab ko'plab o'yinlarni ijobiy yakunlay olmadik. Qaytaraman, muhlislarga nimadirlar deb o'zimni oqlamoqchi emasman, lekin o'zimga ishongan holda, o'ylagan yo'lim bo'yicha davom etaman",-deydi portugaliyalik mutaxassis

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting