locale OZ

RPL. SSKA safarda “Orenburg”ni taslim etdi. Fayzullayev esa...

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
RPL. SSKA safarda “Orenburg”ni taslim etdi. Fayzullayev esa...
FОТО: pfc-cska.com
Rossiya Premer-ligasi
12.04.2025, Yak.
FC Orenburg
0
CSKA Moskva
2

Rossiya Premyer-ligasining 24-turidan o'rin olgan “Orenburg” va SSKA o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi va unda “armiyachilar” 0:2 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 55-daqiqada Ivan Oblyakov tomonidan ochildi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Seku Koita moskvaliklarning ustunligini mustahkamladi.

Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev esa uchrashuvning 68-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va SofaScore nashri tomonidan 6,8 ballga loyiq ko'rildi.

Shu tariqa, SSKA bugungi g'alabasidan so'ng ochkolari hisobini 47 taga yetkazib olib, 4-o'rinda bormoqda. “Orenburg” esa 14 ochko bilan so'nggi o'rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting