locale OZ

Ro'ziqul Berdiyev: \"Qashqadaryoda ulardan qolishmaydigan muhlislar bor!\" (to'liq matbuot anjumani)

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ro'ziqul Berdiyev: "Qashqadaryoda ulardan qolishmaydigan muhlislar bor!" (to'liq matbuot anjumani)
PHOTO: Telegram

Bir necha soatlardan so'ng, O'zbekiston Superkubogi doirasidagi “Nasaf”-"Andijon" qarama-qarshiligi bo'lib o'tadi. Ushbu o'yin oldidan “ajdarlar” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiyev matubout anjumani ishtirok etdi:

"Assalomu alaykum barchaga. O'ylaymanki ertangi o'yin ajoyib muhitda bo'ladi. Muhlislar tarafidan haqiqiy bayram bo'ladi deb o'ylayman. O'yinga keladigan bo'lsak, uchrashuv bitta o'yindan iborat va keskin kurashlarga boy tarzda bo'ladi. Kubokni qo'lga kiritishni juda ham xohlaymiz. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Yigitlarni kayfiyati a'lo darajada. Biz ertangi o'yinga tayyormiz.

Muhammadiyev hozirgi yoshlardan ham tezroq yuguradigan o'yinchi hisoblanadi. To'g'ri, ba'zi bir futbolchilarimizda tezlik yo'qdir, lekin tajriba ancha yuqori. Hozir Superkubok bahsida turibmiz, qolaversa jamoamiz O'zbekiston chempionatida birinchi o'rinda ketyapti. Manimcha muhokama qilinadigan joyi yo'q. Har bir jamoada kamchiliklar bo'lib turadi. Bu masalalarni tuzatishimiz kerak. E'tibor bersangiz, agar jamoa himoyada oqsaydigan bo'lsa natijalar bu darajada bo'lmas edi. Hozirgi yigitlarimizning himoyada ko'rsatadigan o'yini bizni qoniqtirib turibdi.

Shatskixga yutqazmaganim bu endi statistika. Bu o'tgan yili ham ta'kidlashgan edi. “Paxtakor” bilan Superkubokda ham yaxshi natija qilganmiz. Bu boshqa o'yin, Maksim boshqa jamoa bilan qatnashyapti. Albatta statistikamni yaxshilashga harakat qilaman, lekin bilasizlar o'zimdan ko'ra jamoaning manfaati birinchi o'rinda turadi. Bunday o'yinga jiddiy yondoshamiz.

O'tgan yilgi natijalar takrorlanyapgandek. O'tgan yili ham kubokdan chiqib ketib, qaysidir davrda yomon o'yin ko'rsatganmiz va Superkubokni qo'lga kiritgan edik. Kubokdan chiqib ketdik. Orqaga qarash shart emas, oldinga intilish kerak. Oldimizda chempionat bahslari va Superkubok o'yini bor. Kubokdan chiqib ketganimizdagi o'yindan keyin bizning maqsadimiz boshqa deb aytgandim. O'ylaymanki ertangi o'yin boshqacha bo'ladi.

Sherzod bizning yetakchi o'yinchilarimizdan biri hisoblanadi. Uni zahirada qolib ketishi yoki umuman qaydnomaga ham kiritilmagani birinchidan jarohati sababli bo'ldi, qolaversa u betob ham bo'lib qoldi. Shuning uchun tarkibga ham o'yinga ham jalb qilinmadi. Ertanga o'yinga u ham tayyorgarlik ko'rmoqda. Imkon qadar undan foydalanishga harakat qilamiz.

O'z maqsadimiz bor. Ertangi kubokka bo'lgan e'tibor birinchi darajaga chiqadi. Futbolchilarni terma jamoaga jarohat olib borishini albatta xohlamaymiz, lekin o'yinchilar ham bu o'yinni qanchalik muhimligini tushunib turishibdi. To'liq kuchdan foydalanamiz va yigitlar borini berib harakat qilishadi.

Bizda penalti tepadiganlar yana ham ko'paydi. Bilasiz, o'tgan yili ham penalti tepishda mahorat ko'rsatgan edik. O'ylaymanki, bu vaziyatgacha borsak bizda muammo bo'lmaydi. Futbolchilarga ishonamiz. Kechagi mashg'ulotlarda ham bu ustida ishladik, musobaqa o'ynadik va yaxshi kayfiyatda tayyorgarlik ko'rdik.

Hammamiz yaxshi bilamiz, “Andijon”ni kuchli taraflaridan biri bu ularning muhlislari hisoblanadi. O'ylaymanki Qashqadaryoda ulardan kam bo'lmagan muhlislar bor. Gapimni boshida aytib o'tdim, ertaga ajoyib muhit bo'ladi. Ikki jamoa muhlislari bizga bayram muhitini yaratib beradi deb o'ylayman.

Superkubok bir o'yindan iborat. “Andijon” balki barqaror bo'lmagandir, lekin shunday o'yinlari bo'ldiki, yaxshi taassurot qoldirdi. “Paxtakor”, “OKMK” yoki biz bilan o'tkazgan o'yinlarini bunga misol qilib keltirish mumkin. Shuning uchun ham raqibga jiddiy munosabatda bo'lyapmiz.

Cheranning mahoratiga shubha yo'q. Taklif qilganimizda o'ning qobilyatini chamalab bo'lganmiz. Bizda ham “Paxtakor”da ham o'zini yaxshi taraflama ko'rsatdi. Cheran kabi iqtidorli futbolchilar chempionatimizda kam. Biz hozir esladik, Cheran Superkuboklarda bizga ikkita gol urgan ekan, bular Samarqanddagi hamda Yaypandagi bahslarda. Undan keyin biz ikki marta Superkubokni qo'lga kiritdik. Cheranga uchinchisida bizga yordam berasan deb aytdim. Bizga uning ko'p yugurishi shart emas. Uning yetakchilik qobilyati bizga as qotadi",-deydi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting