locale OZ

Roʻziqul Berdiyev: «Mag‘lubiyat uchun hamma birdek javobgar»

«Nasaf» bosh murabbiyi «Al Vahda»dan uchralgan magʻlubiyat haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Roʻziqul Berdiyev: «Mag‘lubiyat uchun hamma birdek javobgar»
FOTO: UZPFL

Elit Osiyo Chempionlar ligasi 4-turidan oʻrin olgan bahsda Qarshining «Nasaf» klubi «Al Vahda» bilan toʻqnash keldi va yakunda 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

Uchrashuvdan soʻng «Nasaf» bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagicha fikr bildirdi.

«O‘yin oʻgʻir kechishini bilardik. Jamoa bor kuchini berdi, lekin jismoniy toliqish sabab ba'zi epizodlarda ustunlikni boy berdik. Ikkita golni standard vaziyatdan oʻtkazib yubordik — bu eʼtiborsizlik natijasi. Albatta, tahlil qilamiz».

Darvozabon Abduvohid Ne'matov haqida soʻralganda Berdiyev shunday dedi:

«Abduvohid yaxshi darvozabon, ammo unga nimadir taʼsir qilyapti. Lekin magʻlubiyat uchun faqat uni ayblash toʻgʻri emas — hamma jamoaviy ravishda javobgar».

Shuningdek, murabbiy legionerlar mavzusiga ham toʻxtalib oʻtdi:

«Osiyoda munosib natija koʻrsatish uchun ikki barobar kuchli legionerlar kerak. Bu musobaqada har bir oʻyin biz uchun dars boʻlyapti. Ammo zoʻr legionerni topish oson emas».

Maʼlumot uchun, «Nasaf» Elit OChLning 4-turidan soʻng hali ochko toʻplay olmadi. Qarshiliklar oʻzining navbatdagi oʻyinini Superliga doirasida «Paxtakor»ga qarshi oʻtkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting