locale OZ

Ro'ziqul Berdiyev: \"Jamoamizga yordam berishga tayyor turgan futbolchilar ko'p\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ro'ziqul Berdiyev: "Jamoamizga yordam berishga tayyor turgan futbolchilar ko'p"
Photo: gettyimages

“Sho'rtan” 1:4 “Nasaf” uchrashuvidan keyin, mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiyev quyidagicha fikrlarni bildirib o'tdi:

"Bugungi uchrashuv to‘liq nazoratimiz ostida bo'ldi. Shu bilan birgalikda raqibga ham o‘ynash uchun imkon berdik. “Sho‘rtan”ning ayrim vaziyalarini hisobga olmasak, uchrashuvda 90 daqiqa nazoratni qo‘lga oldik. Jamoamizga yordam berishga tayyor turgan ko‘p futbolchilarimiz bor. Masalan o‘tgan turda Muhiddinov va Gʻaybullayevdan foydalangan edik. Umar bilan Igor tiklanib bo‘lgandan keyin bugun ularni maydonga tushirdik va ular o‘z vazifalarini a’lo darajada uddalashdi. Sherzodni yo‘qligi uchun chap qanotda Sharofdan foydalanyapmiz. Zafarmurod esa hozirgi kunda judayam yaxshi formada va maydonda ancha faol harakat qilyapti. Kenjaboyev va Davronovga keladigan bo‘lsak, ular hozir umumiy guruhda shug‘ullanishmoqda. O‘ylaymanki ular yaqin orada funksional holatini yaxshilay olishadi.

Sherzod doim nazoratimiz ostida. U umumiy emas, yakka tartibda mashg‘ulotlar olib bormoqda. O‘zi bilan gaplashganimda holati yaxshilanib borayotgani haqida aytdi, o‘ylaymanki, u ham yaqin orada maydonga qaytadi.

Men Golbandan bu vaziyatda norozi bo‘ldim. Chunki ana shu vaziyatgacha olib kelmaslik kerak edi. O‘sha vaziyatning takrorini ko‘rib chiqamiz lekin baribiram hisob 3:0 payti raqibga bunday imkoniyat berish tajribali himoyachi uchun yaxshimas deb o‘ylayman. Shu uchun bu vaziyatda Igorga biroz tanbeh berdim. Chunki bilasiz, hisob 3:0 payti jamoa bo‘shashishi va bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘ylaymanki Igor bunaqa xatolarni boshqa qilmaydi",-deydi Berdiyev

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting