Ro'ziqul Berdiyev: «Besh kishilik himoyani yorib o'tishni yaxshi uddaladi»
«Nasaf» bosh murabbiyi «Buxoro» bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
photo: Nasaf FK
O'zbekiston Superligasi 21-turidan o'rin olgan «Nasaf» - «Buxoro» (5:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.
«Ajoyib o'yin. G'alaba bilan tabriklayman. «Buxoro» jamoasini o'zgarishlardan keyingi o'yinlarini ko'rib, ular yaxshi himoyalanishini bilardik.
Shu sababli raqibga qarshi sinchkovlik bilan tayyorlandik. Besh kishilik himoyani yorib o'tishni yaxshi uddaladik. Keyin hammasi osonlashdi», - dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor