locale OZ

Ro'ziqul Berdiev: Bunyodkor tanaffusga qadar hech qanday bosimsiz o'ynadi

Nasaf bosh murabbiyi Bunyodkor bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ro'ziqul Berdiev: Bunyodkor tanaffusga qadar hech qanday bosimsiz o'ynadi
photo: Nasaf FK

Superliga 24-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Nasaf" (2:2) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik. "Bunyodkor" tanaffusga qadar hech qanday bosimsiz o'ynadi. Xato tufayli gol ham o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda esa faollashdik va vaziyatlar yarata boshladik.

Bugun g'alabaga yaqin kelgandik, agar penaltidan foydalana olganimizda. Biroq penaltidan keyin "Bunyodkor" o'z vaziyatiga ega bo'ldi. Bugun ochiq o'yin bo'ldi",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting