Roy Kin Ronalduning Portugaliya terma jamoasidan ketishi haqida fikr bildirdi
«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Roy Kin Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasi qarorgohidan ketishi bilan bog‘liq mojaro haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, Ronaldu terma jamoa haqida unutishi va 1000 ta gollik marraga erishishga e’tibor qaratishi kerak. U Portugaliya uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi, ammo ular hanuz unga nisbatan hurmatsizlik qilishmoqda. Hozir ularning sovrinlar xonasida turgan barcha sovrinlarni Ronaldusiz qo‘lga kiritib bo‘lmas edi. Ular uning nomi va merosiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari kerak», — deya Kinning so‘zlarini FullTime Report keltirgan.
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining so‘nggi o‘yinida 90 daqiqa davomida zaxira o‘rindig‘ida qoldi. Rasmiy darajada bunday holat oxirgi marta 2008-yil yozida kuzatilgan edi.
Ronaldu bilan birga Portugaliya terma jamoasi 2016-yilda Yevropa chempionatida, shuningdek, 2019 va 2025-yillarda Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.