locale OZ

Roy Kin: «Keyn bosimni yaxshi koʻradi, ammo unga sheriklarining yordami kerak»

«MYU» sobiq futbolchisi ingliz hujumchisi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Roy Kin: «Keyn bosimni yaxshi koʻradi, ammo unga sheriklarining yordami kerak»
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Roy Kin Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

«Biz uning mudofaaga juda chuqur tushib ketishini mutlaqo xohlamaymiz. Oxirgi bir necha yilda uning maydon markaziga surilib, himoyaviyroq oʻynaganiga koʻplab misollar boʻldi. U baribir xavfliligicha qolmoqda.

Angliya terma jamoasining bosh yulduzi boʻlish bilan bogʻliq bosimga kelsak, u buni qabul qiladi va bu unga yoqadi. Agar uning «Tottenhem»dagi davrini eslasak, u yerda hamma narsa unga bogʻliq edi. «Bavariya» — ajoyib jamoa va Keyn hamon uning yulduzi boʻlib qolmoqda, u bu bosimni yaxshi koʻradi. Albatta, unga jamoadoshlari va u uchun oʻynaydigan futbolchilarning qoʻllab-quvvatlashi kerak.

«Bavariya»da urilgan gollar u uchun katta turtki boʻldi. Yangi ligaga oʻtib, yanada kuchliroq futbolchilar bilan birga oʻynash orqali u koʻp narsani oʻrgangani koʻrinib turibdi», — dedi Nevill.

Maʼlumot uchun, Angliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini Xorvatiyaga qarshi oʻtkazadi. Oʻyin 17-iyun kuni boʻlib oʻtadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting