locale OZ

Roy Kin: «Agar Angliya yirik sovrin yutmoqchi bo‘lsa, Keyn asosiy o‘yinchi bo‘lishi kerak»

Harri bu mavsumdagi 61-golini urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Roy Kin: «Agar Angliya yirik sovrin yutmoqchi bo‘lsa, Keyn asosiy o‘yinchi bo‘lishi kerak»
ФОТО: Getty images

«Manchester Yunayted» va Irlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Roy Kin Angliya Yangi Zelandiya ustidan 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi va «uch sherlar» hujumchisi Harri Keynning o‘yiniga izoh berdi.

«U pozitsiya tanlashga oqilona yondashishi kerak. Hatto gol urilgan paytda ham Yangi Zelandiyaning himoyasida ko‘plab o‘yinchilar bor edi, ammo u shunchaki o‘sha yerga kirib bordi. Bu tajriba, lekin unga buncha bo‘sh joy berilgani hayratlanarli.

Lekin bunday tajriba bilan u sharoitlarni inobatga olgan holda oqilona harakat qilishi kerak. U pas berishga urinib, markaziy chiziq ortiga qaytishi shart emas, buni qila oladigan yetarlicha o‘yinchilar va yetarlicha sifatli futbolchilar bor. Sen oldinga borishing kerak, sen hozirgi vaqtda dunyodagi eng yaxshisan.

Agar Angliya yirik sovrin yutmoqchi bo‘lsa, u [hujumning] asosiy o‘yinchisi bo‘lishi kerak», – deya Kinning so‘zlarini keltiradi Mirror nashri ITV'ga tayangan holda.

2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Harri Keyn «Bavariya» safida barcha turnirlarda 51 ta o‘yin o‘tkazib, 61 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting