locale OZ

Rossiyalik mutaxassis O‘zbekiston terma jamoasining MDH davlatlari orasidagi o‘rnini baholadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: sports.ru

Mashhur sobiq futbolchi va hozirda Bryanskning "Dinamo" jamoasi murabbiyi Andrey Kanchelskis postsovet davlatlarida futbol rivoji haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning ta’kidlashicha, sobiq SSSR davlatlari orasida futbol darajasi bo‘yicha Rossiya yetakchi hisoblanadi. Keyingi o‘rinlardan Ukraina, O‘zbekiston va Qirg‘iziston joy olgan.

Kanchelskis Rossiyada futbol rivojiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolardan biri — sun’iy maydonlarning ko‘pligi ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday maydonlar o‘yin sifati va yosh futbolchilarning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Qirg‘iziston kabi Osiyo davlatlarida asosan tabiiy maydonlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgani, iqtidorli futbolchilar yetishib chiqishiga turtki berayotganini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 2020 yildan beri futbolni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturi amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, 2025 yilgacha 100 dan ortiq tabiiy maydonli zamonaviy stadion barpo etish va yoshlar bilan ishlash uchun kamida 500 ta mutaxassis tayyorlash rejalashtirilgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting