locale OZ

Rossiya U-21 murabbiyi O‘zbekiston jamoasining kuchli jihatlarini tilga oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rossiya U-21 murabbiyi O‘zbekiston jamoasining kuchli jihatlarini tilga oldi
Rasm: Olamsport.uz

Rossiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ivan Shabarov Sovsport.ru nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston U-21 jamoasi haqida o‘z fikrini bildirdi. Uning jamoasi iyun oyida o‘zbekistonlik yoshlar bilan ikki do‘stlik uchrashuvi o‘tkazadi.

«Ikki yil oldin, sentabr oyida ularga qarshi o‘ynaganmiz. Juda yaxshi jamoa. Mustahkam, qurbonlikka tayyor futbolchilarga ega. Ularning futbolchilari intizomli, sabrli va texnik jihatdan tayyorgarliklari yuqori. Qiziqarli yigitlar bor. Asosan, biz ularni bilamiz, ular ham bizga begona emas. Bir-birimizning o‘yin uslubimizdan xabardormiz», — dedi Shabarov.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari 5 va 8 iyun kunlari ikki do‘stlik o‘yini o‘tkazadi. Bu bellashuvlar har ikki jamoa uchun ham saralash bahslari hamda xalqaro musobaqalar oldidan muhim sinov vazifasini o‘taydi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting