locale OZ

Rossiya Premyer-ligasida ilk bor o‘zbekistonlik futbolchi qolmadi

Fayzullaev Turkiyada, Esanov ketdi, yangi mavsum — tarixiy antirekord bilan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Rossiya chempionatlari tarixida ilk bor Premyer-ligada ham, Birinchi ligada ham o‘zbekistonlik futbolchi qolmadi.

Abbosbek Fayzullaev hali rasmiy ravishda CSKA a’zosi bo‘lib turgan bo‘lsa-da, u jamoa bilan mashg‘ulotlarni Turkiyada olib bormoqda. Uning ortidan esa “Akron” jamoasi Sherzod Esanov bilan xayrlashdi — shu bilan Rossiyaning ikki yuqori divizionida ham yurtdoshimiz qolmadi.

Ikkinchi liga va undan past divizionlarda esa legionerlarga taqiq mavjud. Media-futbol jamoalarida o‘zbekistonliklar (masalan, Vitaliy Denisov) uchrasa-da, bu liga hozircha professional maqomga ega emas.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 1992 yildan beri har mavsum Rossiyaning yuqori ligasida kamida ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi to‘p surgan. Eng “kam” mavsum — 1997 yil bo‘lgan, o‘shanda RPLda faqat Sergey Luschan va Andrey Rezantsev, ikkinchi divizionda esa Maksim Shatskix harakat qilgan.

Shu bilan birga, 2024 yil tarixiy debyutlar bilan esda qolmoqda: o‘zbekistonlik futbolchilar ilk bor Angliya va Belgiya chempionatlarida harakat qilmoqda, yaqin kunlarda Ispaniyada ham debyut kutilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting