Rossiya kubogi. O‘rozovning debyutida «Rubin» «Spartak»dan ustun keldi
Jahongir ilk bahsidayoq maydonda to‘liq harakat qildi.
photo: Rubin FK
Rossiya kubogi
19.08.2026, Yak.
Rubin Qozon
1
Spartak Moscow
1
Rossiya kubogining ikkinchi bosqichida «Rubin» klubi «Spartak»ka qarshi o‘ynadi. Asosiy vaqtda tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Penaltilar seriyasida esa qozonliklar 5:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.
Rossiya Kubogi
Rubin — Spartak 1:1 (penaltilar seriyasi: 5:3)
Rubin: Nigmatullin, Rojkov, Jahongir O‘rozov, Vuyachich, Teslenko, Arroyo, Ivu, Nacho, Samoshnikov, Xodja, Sive.
Ibrohim Jalolov
Redaktor