locale OZ

CSKA Rossiya kubogi superfinaliga yo'l oldi, Fayzullayev 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
CSKA Rossiya kubogi superfinaliga yo'l oldi, Fayzullayev 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi
Photo: Getty Images

Rossiya kubogi "RPL yo'li" finalining javob o'yinida Moskvaning CSKA jamoasi "Zenit"ni qabul qilib, 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Ikki o'yin natijasiga ko'ra, hisob tenglashdi. G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda CSKA futbolchilari 4:3 hisobida g'alaba qozonib, superfinalga yo'llanma oldi.

Mazkur o'yinda O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Rossiya kubogi superfinali 1 iyun kuni Lujniki stadionida o'tkaziladi. CSKAning raqibi "Spartak" yoki "Rostov" bo'ladi.

Rossiya kubogi. (penaltilar seriyasi: 4-3)

CSKA 2:0 "Zenit"

Gollar: Kslyak 37', Musaev 90+2'.

Dastlabki uchrashuv: 0:2

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting