Rossiya Federatsiyasining Samara shahrida XIII Xalqaro sport forumi bo‘lib o‘tmoqda
Mazkur tadbirda bir qator mas’ul shaxslar ishtirok etdi.
FOTO: Olympic.uz
Forum doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, sport sohasida oʻzaro tajriba almashish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirda Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Momindjanov, Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshligʻi Rustam Bobokulov, Chirchiq shahar sport maktabi direktori Suxrob Sultonov, Yuqori Chirchiq tumani sport maktabi direktori Olga Halikova hamda Yuqori Chirchiq tumani hokimi oʻrinbosari Dilshod Asqarov ishtirok etmoqda.
Shuningdek, forum doirasida sport ko‘rgazmasi ham tashkil etilgan bo‘lib, unda turli mamlakatlarning sport sohasidagi yutuqlari, innovatsion loyihalari va ilg‘or tajribalari namoyish etilmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist