Rosenyor: «Ha, men «Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi boʻlaman»
«Strasburg» bosh murabbiyi kelajagi borasida muhim maʼlumotni ochiqladi.
FOTO: Getty Images
«Strasburg» bosh murabbiyi Liam Rosenyor Londonning «Chelsi» klubini boshqaradi. Mutaxassis bu ma’lumotni jurnalistlar bilan suhbatda tasdiqladi.
«Ha, men «Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi bo‘laman — dunyoning eng yaxshi klublaridan biri», — deya Rosenyor so‘zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar kuni London klubi bosh murabbiyi Enzo Mareska bilan xayrlashgan edi.
41 yoshli Rosenyor avval «Derbi» va «Xall» klublarini boshqargan, 2024 yildan buyon esa Fransiyaning «Strasburg» jamoasida ishlamoqda. «Strasburg» amalda «Chelsi»ning farm-klubi hisoblanadi, chunki ikkala klubning egasi bir xil. Joriy mavsumda jamoa Konferensiya Ligasi guruh bosqichida g‘alaba qozongan va Liga 1'da yettinchi o‘rinni egallab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist