locale OZ

Ronaldusiz Portugaliya FIFA reytingining top-5'ligiga ko'tarildi

Avvalroq Marokash oltinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tarilib, Braziliyani ortda qoldirgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldusiz Portugaliya FIFA reytingining top-5'ligiga ko'tarildi
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy terma jamoasi FIFAning jonli reytingida ikki pog‘ona yuqorilab, yettinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. Jorje Jezush boshchiligidagi jamoa Krishtianu Ronaldu terma jamoa qarorgohini tark etganidan keyin ham muvaffaqiyatli natijalar qayd etib, kuchli beshlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti ma’lumot bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Portugaliyaning ko‘tarilishi natijasida Braziliya oltinchi o‘ringa tushgan, Marokash esa yettinchi pog‘onaga qaytgan. Avvalroq Marokash oltinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tarilib, Braziliyani ortda qoldirgan edi, biroq so‘nggi xalqaro uchrashuvlardan keyingi hisob-kitoblar reytingdagi vaziyatni yana o‘zgartirdi.

Portugaliya joriy xalqaro tanaffusda Daniyani 4:2, Norvegiyani esa 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Norvegiya ustidan qozonilgan g‘alaba portugaliyaliklarga UEFA Millatlar ligasi chorak finaliga muddatidan avval yo‘llanma olish imkonini berdi. Jamoa bu uchrashuvlarni Ronaldu ishtirokisiz o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, FIFA reytingining navbatdagi rasmiy yangilanishi 7-oktabr kuni e’lon qilinadi. Hozirgi jonli hisob-kitobda kuchli to‘rtlikdan Ispaniya, Argentina, Fransiya va Angliya joy olgan, Portugaliya esa beshinchi pog‘onaga ko‘tarilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting