Ronalduning transfer narxi pastladi
U chempionatda 28 ta gol urib, “Al-Nasr”ning eng yaxshi to‘purariga aylandi.
ФОТО: Getty images
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi safida to‘p surayotgan portugaliyalik yulduz futbolchi Krishtianu Ronalduning transfer qiymati 12 million yevrodan 10 million yevroga tushdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik yulduzning qiymati ilk bor 2004 yilda 10 million yevrodan oshgan va hozirga kelib endi faoliyatining so‘ngiga kelib yana shu narxga tushib qoldi.
Ronalduning eng yuqori transfer qiymati 2014 va 2018 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda u 120 million yevroga baholangan.
41 yoshli hujumchi 2025-2026 yilgi mavsumda ham yuqori samaradorlik namoyish etdi. U chempionatda 28 ta gol urib, “Al-Nasr”ning eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Shu tariqa, Ronaldu faoliyatida ilk bor Saudiya Arabistoni chempionati g‘olibi bo‘ldi.