locale OZ

Ronalduning bir oylik daromadiga nechta yangi iPhone sotib olishi mumkin?

Yangi iPhone’larning bazaviy modeli taxminan 24,6 million so‘mdan sotilishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu bir oylik daromadiga 12 mingta yangi iPhone sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

“Al-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning bir oylik daromadiga qancha yangi iPhone xarid qilishi mumkinligi hisoblab chiqildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining barcha daromadlarini hisobga olganda, oylik tushumi qariyb 25 million dollarni tashkil etadi.

Yangi iPhone’larning bazaviy modeli taxminan 24,6 million so‘mdan sotilishi kutilmoqda. Eng qimmat iPhone 18 Pro Max 2 TB versiyasi qariyb 51,2 million so‘m, bukiladigan iPhone Duo esa komplektatsiyasiga qarab 42,1 milliondan 68,8 million so‘mgacha baholangan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Ronaldu bir oylik daromadiga taxminan 12 mingta bazaviy iPhone sotib olishi mumkin. Agar eng qimmat iPhone Duo modeli tanlansa, portugaliyalik futbolchining bir oylik daromadi qariyb 4300 ta smartfon xarid qilishga yetadi.

Ma’lumot uchun, Ronalduning oyiga 25 million dollarlik daromadi hozirgi kurs bo‘yicha qariyb 295 milliard so‘mga teng.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting