Ronalduga terma jamoa qarorgohini tark etgani uchun 6 oygacha diskvalifikatsiya xavf solmoqda
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy jamoa qarorgohini tark etgani uchun bir oydan olti oygacha diskvalifikatsiya qilinishi, shuningdek, jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda A Bola xabar berdi.
Portugaliya futbol federatsiyasining (FPF) intizomiy reglamentiga koʻra, bunday qoidabuzarlik uchun jiddiy sanksiyalar belgilangan.
Rasmiy chaqiruvdan soʻng uzrli sababsiz terma jamoa qarorgohini tark etgan yoki terma jamoaning mashgʻuloti, oʻyini yoki FPF yoxud Portugaliya nomidan oʻtkaziladigan boshqa tadbirida ishtirok etmagan futbolchi bir oydan olti oygacha diskvalifikatsiya bilan jazolanadi.
Bundan tashqari, agar futbolchi professional boʻlsa, unga 5 dan 10 ta shartli birlikkacha jarima solinadi. Bu taxminan 500 yevrodan 1000 yevrogacha boʻlgan mablagʻni tashkil etadi.
Shuningdek, 160-moddaning 2-bandida futbolchining terma jamoa qarorgohida boʻlmasligi yoki jamoa joylashgan hududni tark etishi reglament qoidalariga muvofiq avtomatik ravishda vaqtinchalik chetlatishga olib kelishi qayd etilgan.
Avvalroq Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezush mojaro yoʻqligini aytganiga qaramay, milliy terma jamoa mashgʻulotini tark etgan edi. Hujumchi terma jamoa qarorgohidan ketishga qaror qildi va bu qarorini izohladi.
Portugaliyaning bir qator OAVlari Ronalduning milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlash niyati borligi haqida xabar berdi.