Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi nomiga daʼvogarlik qilmoqda
Globe Soccer Awards tashkilotchilari 2025 yil yakunlariga ko‘ra Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasi bo‘yicha nomzodlarni e’lon qildi. Mukofot uchun quyidagi yetti futbolchi da’vogarlik qilmoqda:
1. Karim Benzema («Al Ittihod»).
2. N’Golo Kante («Al Ittihod»).
3. Salem Al-Davsari («Al Hilol»).
4. Roberto Firmino («Al Sadd»).
5. Riyod Mahrez («Al Ahli»).
6. Ayvan Toni («Al Ahli»).
7. Krishtianu Ronaldu («An Nasr»).
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Globe Soccer versiyasiga ko‘ra Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi deb «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu tan olingan edi.
Globe Soccer Awards — bu har yili o‘tkaziladigan taqdirlash marosimi bo‘lib, unda futbol sohasida eng katta yutuqlarga erishgan shaxslar aniqlanadi. Turli nominatsiyalar g‘oliblari ovoz berish orqali belgilanadi.