locale OZ

Ronaldu yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini o‘tkazishi mumkin

Uchrashuv 21 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Ronaldu yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini o‘tkazishi mumkin
ФОТО: Getty images

Portugalalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 2-turidan o‘rin olgan "Er-Riyod"ga qarshi uchrashuv uchun "Al-Nasr" ro‘yxatiga kiritildi.

Uchrashuv 21 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Shu sabab 41 yoshli Ronaldu uchun ushbu bahs yangi mavsumdagi birinchi rasmiy o‘yin bo‘lishi mumkin.

Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan. Mundialda portugalik futbolchi terma jamoa safida 5 ta o‘yinda 3 ta gol urdi. Portugaliya terma jamoasi esa turnirda 1/8 finalgacha yetib bordi.

O‘tgan mavsumda Ronaldu "Al-Nasr" tarkibida barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuv o‘tkazib, 30 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq futbolchi joriy mavsum uning professional faoliyatidagi so‘nggi mavsum bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting