locale OZ

Ronaldu WOWfc jangovar promoushenining yangi egasiga aylandi

Ushbu tashkilotning yana bir hammuallifi Iliya Topuriya hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu WOWfc jangovar promoushenining yangi egasiga aylandi
FOTO: Getty Images

40 yoshli Portugaliya milliy jamoasi va «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu WOWfc jangovar promoushenining yangi hammuassisi bo‘ldi. Bu haqda liga matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, ushbu tashkilotning yana bir hammuassisi — yengil vazn toifasida UFC chempioni, mag‘lubiyatga uchramagan 28 yoshli ispan-gruzin jangchisi Iliya Topuriya hisoblanadi.

Joriy mavsumda Ronaldu klub va terma jamoa safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Portugaliyalik yulduz 2023 yildan beri «An Nasr» sharafini himoya qilib keladi. Unga eng katta shuhratni «Manchester Yunayted» va «Real Madrid»dagi o‘yinlari olib kelgan. Ronaldu — «Oltin to‘p» mukofotining besh karra sohibi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting