locale OZ

Ronaldu va Messi yana maydonda o'zaro to'qnash kelishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu va Messi yana maydonda o'zaro to'qnash kelishi mumkin
FOTO: Getty Images

Sobiq argentinalik hujumchi Karlos Teves yaqin orada o‘zining xayrlashuv o‘yinini tashkil etmoqchi. 2022-yilda professional faoliyatiga yakun yasagan futbolchi endi bu boradagi rejalarni jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Tevesning so‘zlariga ko‘ra, u mazkur bahsga sobiq jamoadoshlari va terma jamoadagi do‘stlarini taklif qilishni istaydi. Ular orasida futbol yulduzlari Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu ham bor.

“Men, albatta, xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazaman. Faqat mos vaqtni topish kerak. Men Messini ham, Ronalduni ham taklif qilmoqchiman”, - deya Tevesning so‘zlarini keltiradi AlbicelesteTalk nashri.

Eslatib o‘tamiz, Karlos Teves o‘z vaqtida Krishtianu Ronaldu bilan “Manchester Yunayted”da, Lionel Messi bilan esa Argentina terma jamoasida birga to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, hozirda portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubida to‘p tepsa, Lionel Messi AQSh'ning “Inter Mayami” jamoasi sharafini himoya qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting