locale OZ

Ronaldu va Messi Tevesning xayrlashuv o‘yinida bir jamoada o‘ynashi mumkin

Bu uchrashuv 2026 yil dekabr oyida Buenos-Ayresdagi «La Bombonera» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ronaldu va Messi Tevesning xayrlashuv o‘yinida bir jamoada o‘ynashi mumkin
ФОТО: Getty images

Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va argentinalik Lionel Messi sobiq «Boka Xuniors» hamda Argentina terma jamoasi hujumchisi Karlos Tevesning xayrlashuv uchrashuvida bir jamoa safida maydonga tushishi mumkin.

Foot Mercato ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur uchrashuv 2026 yil dekabr oyida Buenos-Ayresdagi «La Bombonera» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Teves Ronaldu va Messini bir jamoada ko‘rish orzusi borligini aytgan.

«Men doimo Krishtianu va Leoni bir jamoada o‘ynayotganini ko‘rishni orzu qilganman. Ular barcha davrlarning eng buyuk ikki futbolchisi. Men ular bilan, ayniqsa Krishtianu bilan bog‘landim. Unga: “Krishtianu, xayrlashuv o‘yinimda sen va Leoni bir jamoada o‘ynashingizni xohlayman. Butun dunyo bu sehrni bir marta bo‘lsa-da ko‘rishi kerak”, dedim. U kelishiga va’da berdi. Leoni ham ko‘ndirish qiyin bo‘lmadi. Ikkalasi ham rozilik berdi. Buni katta hayajon bilan kutyapman. O‘yin juda hissiyotli o‘tishi aniq», — dedi Teves.

Karlos Teves 2021 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting