Ronaldu va Jezush. Kelishmovchilik nimadan boshlandi?
Marca nashri Portugaliya terma jamoasida hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan yuz bergan mojaro tafsilotlarini ochib berdi.
Jorje Jezush Krishtianu Ronalduni terma jamoaga chaqirib, hujumchi birinchi o‘yinda (Uelsga qarshi — 1:0) va to‘rtinchi uchrashuvda (4 oktabr kuni Norvegiyaga qarshi) maydonga tushishi haqida kelishib oladi. Shu paytgacha hammasi yaxshi ketadi. Ronaldu Uelsga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi va maydonda dastlabki 66 daqiqani o‘tkazadi. U gol ham uradi, ammo keyinchalik bu gol bekor qilinadi. Shu paytgacha hammasi yaxshi edi.
Norvegiyaga qarshi ikkinchi o‘yin (1:2) oldidan Jorje Jezush qarorini o‘zgartiradi va Ronalduga ushbu uchrashuvda unga tayanayotganini, ehtimol, so‘nggi 30 daqiqada maydonga tushirishini aytadi.
Nima sodir bo‘ladi? 51-daqiqada hisob 1:1 bo‘lib turgan paytda Holand gol uradi. Ronaldu qizishishni boshlaydi. 54-daqiqada Portugaliya ikkinchi golni o‘tkazib yuboradi va o‘yinning kechishi yettinchi raqamli futbolchini maydonga tushirish imkonini bermay qo‘yadi — jamoaga natijani saqlab qolish kerak bo‘ladi. Ronaldu qariyb yarim soat davomida qizishadi, ammo maydonga tushmaydi va stadionni jahll bilan tark etadi.
Ronaldu o‘yin oldidan mashg‘ulot o‘tkazadi va mehmonxonaga qaytadi. Seshanba kuni Ronaldu Daniyada jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazmadi va sheriklari mashg‘ulot olib borayotgan paytda mehmonxonaga yo‘l oldi. Hujumchi mustaqil ravishda trenajyor zalida shug‘ullandi.
Jezushning matbuot anjumani Ronaldu uchun so‘nggi tomchi bo‘ldi. Hujumchi bosh murabbiyining so‘zlarini eshitdi, ammo uning «bu 10, 15 yoki 20 soniya davom etadigan xafalik holati» degan izohi Ronalduni ishontirmadi. Ronaldu jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazish o‘rniga terma jamoa ixtiyorini tark etdi.
Avvalroq Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezush mojaro yo‘qligini aytganiga qaramay, milliy terma jamoa mashg‘ulotini tark etgan edi. Hujumchi terma jamoa qarorgohidan ketishga qaror qildi va bu qarorini izohladi. Portugaliya OAVlari esa Ronalduning milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlash niyati borligi haqida xabar berdi.