Ronaldu tez orada futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin
Futbolchi bunga tayyorligini ham aytdi.
ФОТО: Getty images
Saudiya Arabistonining "An-Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jurnalist Pirs Morgan bilan suhbatda faoliyatini qachon tugatishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Faoliyatimni qachon tugataman? Tez orada. Ammo bunga asta-sekin tayyorgarlik ko'ryapman. Muxlislarga aytish qiyin bo'lishi mumkin, balki yig'lab yuboraman — bu tabiiy. Agar yig'lasam ham, yashirmayman, ochiq insonman. Lekin keyin oilam va farzandlarim bilan ko'proq vaqt o'tkazish imkonim bo'ladi", dedi Ronaldu.
Ronaldu hozir 40 yoshda. Hujumchi 2022 yil dekabrdan beri "An-Nassr" safida to'p surmoqda. Avvalroq u Portugaliyaning "Sporting", Angliyaning "Manchester Yunayted", Italiyadagi "Yuventus" va Ispaniyadagi "Real Madrid" klublarida ham o'ynagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist