Ronaldu terma jamoada qatorasiga 4-o‘yinda gol urdi
ФОТО: Getty images
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida qatorasiga to‘rtinchi o‘yinida gol urdi.
40 yoshli hujumchi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Armanistonga qarshi o‘yinda Pedro Netoning uzatmasidan so‘ng gol urdi.
Natijada futbolchining faoliyatidagi gollari soni 941 taga yetdi.
Bungacha Ronaldu Millatlar ligasi o‘yinlarida Ispaniya (2:2, penaltidan 5:3), Germaniya (2:1) va Daniya (5:2) termalariga gol urgandi.
Eslatib o‘tamiz, Armaniston va Portugaliya o‘rtasidagi uchrashuv davom etmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist