locale OZ

Ronaldu tarixda milliard dollarga ega bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi

Bu bitim uni dunyoning eng badavlat sportchilaridan biriga aylantirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu tarixda milliard dollarga ega bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi
ФОТО: Getty images

Krishtianu Ronaldu tarixda ilk bor milliard dollarga ega bo‘lgan futbolchi sifatida qayd etildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik hujumchining boyligi 1,4 milliard AQSH dollariga yetgan. Bu ko‘rsatkich Bloomberg’ning milliarderlar indekslarida ilk bor qayd etildi. Shu tariqa Ronaldu tarixda bunday darajaga yetgan birinchi charm to‘p ustasiga aylandi.

U 2025 yilning iyun oyida “An-Nasr” bilan qiymati 400 million dollardan ortiq bo‘lgan yangi shartnoma imzolagan edi. Bu bitim uni dunyoning eng badavlat sportchilaridan biriga aylantirdi. Hisoblarga ko‘ra, Ronaldu 2002–2023 yillar oralig‘ida futbol faoliyatidan 550 million dollardan ortiq daromad topgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting