Ronaldu sun’iy intelekt asosida ishlovchi qidiruv tizimiga sarmoya kiritdi
Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sun’iy intellekt asosida ishlovchi qidiruv xizmati — Perplexity AI’ga sarmoya kiritdi. Bu haqda futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.
Ronaldu loyiha e’loniga bag‘ishlangan videoni quyidagi so‘zlar bilan izohladi:
«G‘oliblar hech qachon o‘rganishni to‘xtatmaydi. Hech qachon savol berishni bas qilmang», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida. Shuningdek, Perplexity AI’ning rasmiy saytida Ronalduga bag‘ishlangan alohida bo‘lim ham paydo bo‘ldi.
Maʼlumot uchun, Krishtianu Ronaldu UEFA Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar (140 gol) va «Real Madrid» tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchi (450 gol) hisoblanadi. Portugaliya milliy jamoasi safida esa u 143 ta gol bilan jahon rekordchisi sanaladi.