locale OZ

Ronaldu sevgilisi Messining turmush o‘rtog‘iga izoh qoldirdi

Bu holat futbol muxlislari orasida ham e’tibor qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu sevgilisi Messining turmush o‘rtog‘iga izoh qoldirdi
Foto: Getty Images

Lionel Messining turmush o‘rtog‘i Antonela Rokutso Nyu-Yorkda o‘tkazilayotgan US Open tennis turniriga tashrif buyurdi va arenadan olingan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

Uning ushbu postiga Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges ham munosabat bildirdi. Jorjina Antonelaning suratlari ostida qisqa izoh qoldirib, uni maqtagan.

Bu holat futbol muxlislari orasida ham e’tibor qozondi. Chunki Messi va Ronaldu ko‘p yillardan buyon futbol tarixidagi eng katta raqobatlardan birining asosiy qahramonlari sifatida qaraladi, ularning yaqinlari o‘rtasidagi iliq munosabat esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi hozirda AQSHning “Inter Mayami” klubida to‘p surmoqda, Krishtianu Ronaldu esa Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting