Ronaldu Rui Patrisiuning faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirdi
Avvalroq portugaliyalik darvozabon 37 yoshida katta futboldan ketganini maʼlum qilgandi.
FOTO: Getty Images
Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishitanu Ronaldu 37 yoshli darvozabon Rui Patrisioning faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
«Rahmat senga barcha ishlaring uchun, Rui! Bunaqa faoliyat bilan tabriklayman!» — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda Patrisioning futbolchi sifatida o‘yinlarni yakunlagani haqidagi postga izoh qoldirib.
Lissabonning «Sporting» klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Rui Patrisio faoliyati davomida Angliyaning «Vulverhempton», Italiyaning «Roma» va «Atalanta» klublarida, shuningdek, BAAning «Al Ayn» jamoasida o‘ynagan.
Portugaliya milliy jamoasi safida u 108 ta uchrashuvda maydonga tushib, Yevropa chempionati — 2016 hamda UEFA Millatlar ligasi — 2018/2019 mavsumlari g‘olibiga aylangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist