locale OZ

Ronaldu professional futbolchilik faoliyatini yakunlagashga qaror qildi

Portugaliyalik futbolchi «An Nasr» bilan shartnomasini uzaytirmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu professional futbolchilik faoliyatini yakunlagashga qaror qildi
FOTO: Getty Images

Hujumchi Krishtianu Ronaldu «An Nasr» klubini tark etish va professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Jurnalist Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, 40 yoshli futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirmaydi va 2027 yil yozida rasman faoliyatini tugatishini e’lon qiladi.

Manbaga ko‘ra, «An Nasr» rahbariyati Ronaldu kamida yana bir mavsum jamoada qolishiga ko‘ndirishga harakat qiladi. Agar bu amalga oshmasa, klub uni Saudiya Arabistonida saqlab qolish maqsadida umumiy egalikdagi ulushini 15 foizgacha oshirish variantini taklif qilishga tayyor. Ronaldu «An Nasr» bilan 2023 yilda «Manchester Yunayted»dagi shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida shartnoma imzolagan edi.

Hozirga qadar Ronaldu «An Nasr» safida 125 ta uchrashuvda maydonga tushib, 110 ta gol urdi va 22 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting