Ronaldu Portugaliyaga qaytishi mumkin, u 1000-golini milliy jamoa safida urishni xohlaydi
Ronaldu Portugaliyaga qaytishi mumkin, u 1000-golini milliy jamoa safida urishni xohlaydi
Ayni vaqtda Krishtianu va Jezush o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanayotgani aytilmoqda.
Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab jamoa qarorgohini tark etgandi.
Jurnalist Migel Pereyraning ta’kidlashicha, Ronaldu kelasi yili yana Portugaliya milliy jamoasiga qaytishi mumkin.
«U Portugaliya uchun so‘nggi golini urishni juda xohlamoqda. Menimcha, Krishtianu mavsum oxirida 1000-golini urishga intiladi.
Ronaldu «An Nasr» safida bir mavsumda 15–20 ta gol urishni osonlikcha uddalashiga ishonyapti. Lekin u milliy jamoadagi faoliyati, o‘z tarixi va o‘zi uchun o‘ziga xos bayram uyushtirishni juda xohlaydi. Men hali ham bu voqea sodir bo‘ladi deb o‘ylayman.
Hozir Krishtianu va Jezush o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanayotganini ko‘ryapmiz. Portugaliya futbol federatsiyasi Ronalduning qaytishini istamoqda, chunki bu katta shov-shuv keltirib chiqaradi.
Menimcha, Krishtianu kelasi yil oxirida Portugaliya milliy jamoasi bilan so‘nggi o‘yini uchun qaytib keladi», — dedi Pereyra.
Avvalroq 41 yoshli forvardning Saudiya Arabistoniga qaytib, «An Nasr» safiga qo‘shilishi ma’lum qilingandi.