locale OZ

Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan olti oygacha chetlatilishi mumkin

Unga qo‘shimcha ravishda taxminan 500–1000 yevro miqdorida jarima ham qo‘llanishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan olti oygacha chetlatilishi mumkin
Foto: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu milliy jamoa yig‘inini muddatidan oldin tark etgani uchun intizomiy jazoga duch kelishi mumkin. 41 yoshli hujumchiga bir oydan olti oygacha diskvalifikatsiya qo‘llanishi ehtimoli mavjud. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Portugaliya futbol federatsiyasi intizomiy reglamentining 160-moddasida terma jamoa mashg‘uloti, o‘yini yoki boshqa faoliyatini uzrsiz tark etgan futbolchi bir oydan olti oygacha chetlatilishi belgilangan. Professional futbolchiga qo‘shimcha ravishda taxminan 500–1000 yevro miqdorida jarima ham qo‘llanishi mumkin. Hozircha Ronalduga nisbatan yakuniy jazo rasman e’lon qilinmagan.

Ronaldu Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik ortidan Portugaliya terma jamoasi yig‘inini tark etgan edi. Keyinchalik futbolchi murabbiy unga bergan va’dasini bajarmaganini aytib, shu bilan birga o‘z qarori uchun javobgarlikni olishga va federatsiya tomonidan beriladigan jazoni qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 234 ta uchrashuvda 146 ta gol urgan. U milliy jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting